<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Osmonda bir Xudo, Yerda Masih bir
 Xudoning surati, Borligʻi axir!
 // Nega ishonmaysiz, Nega bilmaysiz
 Odamzodga najot,
 Yoʻqdir boshqa- Nur! //

[C1]
   // Najotkor, Najotkor bitta- Iso Masixdir //

[V2]
 Soʻnggi manzilimiz, Xudo huzuri
 U yerda oʻtmaydi Banda uzuri
 // Dinlar koʻp dunyoda, Xudo bittadir
 Masih asli bilsang, Xudoning Oʻzi! //

[V3]
 Xudo bitta doʻstim. Bitta Najotkor
 Bitta Xushxabaru, Bitta Kalom bor.
 // Ozodlik Haqiqat, Kalomidan top
 Inoyat bir umr, Senga boʻlar yor! //

[V4]
 Hamdu Sanolarim, Dilimdan toshar
 Tilim bir umrga, Shukrga shoshar.
 // Xudo topganlarga, Quloq tutganlar
 Bir umr Xudoni, madh etib yashar //</lyrics>
<title>Najotkor bitta</title>
<author>TIMUTIY, Ravshan Xizirov</author>
</song>